Ukraina Markaziy saylov komissiyasi Oliy Radaning yangi sakkizinchi chaqirig‘ida eng ko‘p o‘rin – 132 deputatlik mandati “Pyotr Poroshenko bloki” partiyasiga berilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Shuningdek, “Milliy front” partiyasiga 82, “Samopomich birlashmasi”ga 33, “Muxolifat bloki”ga 29, “Oleg Lyashkoning radikal partiyasi”ga 22 va “Batkivshina”ga 19 o‘rin beriladi. Bundan tashqari, 96 kishi Radaga partiyasiz kiradi.“Svoboda” butunukrain birlashmasi olti, “Kuchli Ukraina”, “O‘ng sektor” va “Zastup” partiyalari bittadan o‘ringa ega bo‘ladi. Avvalroq, 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovida eng ko‘p ovoz to‘plagan uch partiya − “Pyotr Poroshenko bloki”, “Milliy front” va “Samopomich birlashmasi” koalitsiya tuzish uchun muzokaralarga kirishgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)