O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov Slovakiyaning Bratislava shahrida davom etayotgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
Mukofot jamg‘armasi 85 ming yevroni tashkil etuvchi ushbu turnirning yarim finalida Farrux o‘ta murakkab kechgan yarim final bahsida niderlandiyalik tennischi Igor Seyslingni 7:6, 6:7, 7:5 hisobida mag‘lub etib, musobaqa finaliga chiqdi.
Izoh (0)