“Barselona” himoyachisi Xerard Pikening so‘nggi o‘yinlar ro‘yxatiga kiritilmagani sababi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Eslatib o‘tamiz, Pike “Selta” (0:1)va “Ayaks”ga (2:0) qarshi kechgan uchrashuvlarda ishtirok etmagan edi.
“Barselona” bosh murabbiyining qarori intizomiy choralar bilan bog‘liq. Enrike Pikening o‘zini tutishidan norozi bo‘lgan. Himoyachi Kataloniya superkubogi uchun o‘tkazilgan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida zaxira o‘rindig‘ida qo‘l telefonini o‘ynab o‘tirgan.
Shuningdek, Luis Enrike himoyachi Mark Bartraning ham o‘zini tutishidan norozi bo‘lmoqda. Shu sababli himoyachi doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti.
Izoh (0)