O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov Slovakiyaning Bratislava shahrida o‘tkazilayotgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettiryapti, deb xabar berdi “Olamsport”.
Do‘stov mukofot jamg‘armasi 85 ming yevroni tashkil etuvchi ushbu turnirning ikkinchi davrasida polshalik Mixal Pshisejnini mag‘lubiyatga uchratdi.
Ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida zafar quchgan Do‘stov chorak finalga yo‘l oldi. Mixal Polshaning uchinchi raketkasi bo‘lib, dunyo reytingida 177-pog‘onani band etgan edi. Farrux Do‘stov esa 148-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi raketkamiz ilk davrada chexiyalik Irji Veselini 3:6, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Veseli turnirning birinchi raketkasi bo‘lib, dunyo reytingida 69-pog‘onadan joy olgandi.
Izoh (0)