O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi bugun Iordaniyada start olgan Osiyo chempionati − 2015 saralash bahslarini g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
5-noyabr kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida kelasi yili o‘tkaziladigan U-20 ayollar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslariga start berildi. Vyacheslav Soloxo bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-19 yoshlari saralashning “A” guruhida Iordaniya, Hindiston va Livan yoshlar terma jamoalariga qarshi bahs olib bormoqda.
Saralashning ilk turida Hindiston U-19 ayollar terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan O‘zbekiston terma jamoasi qizlari Nilufar Qudratovaning birinchi bo‘limda kiritgan ikki goli evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Saralash bahslarining ikkinchi turida O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Livanga qarshi bahs olib boradi. Saralash o‘yinlarining so‘nggi turida esa mezbon − Iordaniya U-19 terma jamoasi O‘zbekistonga raqib bo‘ladi.
U-19 qizlar o‘rtasidagi OCh-2015, saralash bahslari.5 noyabr. Iordaniya. Amman.
O‘zbekiston - Hindiston - 2:0Gollar: Nilufar Qudratova (20, 35)
O‘zbekiston U-19: Laylo Tilovova, Maftuna Shoyimova, Nodira Muydinova, Fayyoza Samandarova (Umida Xudoyboqova 66), Dilnoza Bektemirova, Shohida Tojiddinova, Dildora Nozimova, Sevara Normurodova (Shoira Qulturayeva 68), Shodiya Tosheva, Nilufar Qudratova, Umida Zoirova.
Izoh (0)