Shvetsiya politsiyasi Stokgolmda G‘azo sektorida isroilliklarning harakatlariga qarshi talabalar namoyishining 15 ga yaqin ishtirokchisini hibsga oldi.
Aksiya Stokgolmdagi Qirollik texnologiya universiteti binosi yonida bo‘lib o‘tgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 15 nafar shaxs qo‘lga olingan, ularning barchasi ruxsat etilmagan ommaviy yig‘ilish orqali jamoat tartibini buzishda ayblangan.
Bundan tashqari, ba’zilariga vandalizm va niqob taqish tartibini buzish bo‘yicha ayb qo‘yilgan.
Namoyishga Xristian Demokratik partiyasi rahbari Abba Bushning Qirollik texnologiya universitetiga tashrifi sabab bo‘ldi, u bir kun avval Yevroparlamentga saylovlar oldidan kampaniya paytida musulmon davlatlaridan kelgan muhojirlarni o‘z vatanlariga deportatsiya qilish zarurligini e’lon qilgandi.
Izoh (0)