Buxoro shahrida joriy yilning boshida qurilishi boshlangan favvoralar xiyobonining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.
Umumiy maydoni 6 gektarlik hududda Buxoro viloyati tarixidagi ilk musiqiy favvoralar qurildi. 30 metr diametrga ega inshoot suvni 15-20 metrgacha balandlikka otadi hamda yoqimli musiqa va ranglar hamrohligida jilolanadi. Avval xabar berilganidek, maydonda “quruq favvoralar” ham ochildi.
Xiyobon hududida 1000 ga yaqin noyob daraxtlar o‘tkazilgan, bejirim chiroqlar, milliy bezaklarga ega shiyponlar va do‘konlar o‘rnatilgan. Barcha qurilish ishlari Buxoro sharidagi “20-trest” tomonidan bajarilgan. Ochilish marosimi Buxorodagi Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.
Izoh (0)