Navoiy shahridagi Navoiy oftalmoservis xususiy ko‘z mikroxirurgiya klinikasiga AQSh, Germaniya va Janubiy Koreyadan so‘nggi rusumdagi tibbiyot jihozlari keltirib o‘rnatilishi tufayli bu yerda murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajarish imkoniyati yuzaga keldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasi xabar bermoqda.
Klinika mutaxassislari bemorlardagi kataraktani tig‘siz yo‘l bilan davolamoqda.
“Shifokorlarimiz Yevropaning bir qator davlatlarida malaka oshirib qaytdi, — dedi muassasa rahbari Anvar Namozov. — Shu bilan birga, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi bilan yaqin hamkorlikdagi ishlarimiz bemorlarning tezda shifo topishiga yordam bermoqda”.
Izoh (0)