Rossiyaning yirik yuklarni tashishga ixtisoslashgan “SV Trans” kompaniyasi 2014-yil oktabr oyidan boshlab “Toshkent mexanika zavodi”dagi qurib bitirilmagan ikkita IL-76 samolyotini Rossiyaga olib ketmoqda, deb xabar berdi MyTashkent.uz.
Sobiq Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasidan Beriyev nomidagi Taganrog aviatsiya ilmiy-texnikaviy majmuasiga olib ketilayotgan IL-76TD rusumidagi transport samolyotlari Hindiston harbiy havo kuchlari uchun A-50EI rusumidagi samolyotlarga aylantirilishi aytilgan.
Texnika O‘zbekiston va Qozog‘iston hududidan o‘tib Kaspiy dengizidagi Aktau portiga yetkazilishi va dengiz yo‘li orqali Rossiyaga jo‘natilishi rejalashtirilgan. Samolyotlarni qayta jihozlash loyihasi amalga oshirilgan taqdirda bu Toshkentda yig‘ilgan IL-76 samolyotlarining so‘nggi vakillari bo‘lib qoladi.
Izoh (0)