Shimoliy Koreya armiyaga chaqiriluvchi erkaklar uchun xizmat muddatini oshirishni va imkon qadar ko‘proq ayolni armiyaga jalb etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga asoslangan The Korea Herald’ga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR hukumati shu yo‘l bilan askar yetishmovchiligi muammosini hal qilishni maqsad qilgan.
Manbalarning tasdiqlashicha, yaqinda Pxenyan erkak askarlarga “ko‘ngilli ravishda” yana kamida bir yil xizmat qilish taklifini berishni boshlagan (hozirgi vaqtda Shimoliy Koreyada harbiy xizmat muddati 10 yilni tashkil etadi), biroq rasman bu qaror haqida hali e’lon qilinganicha yo‘q.
Maqolada qayd etilishicha, Shimoliy Koreya armiyasining shaxsiy tarkibi 1,19 million kishidan iborat. Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, armiyadagi joriy askar yetishmovchiligi 1990-yillar o‘rtalarida KXDRda ommaviy ocharchilik natijasida ko‘plab bolalar nobud bo‘lgani hamda xizmat muddatining kattaligi sabab aksariyat aholi armiyada xizmat qilishni xohlamayotgani bilan bog‘liq.
Taxminlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyada ayollar armiyada yetti yil xizmat qiladi. Manbalar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR armiyasidagi ayollar ulushi hozirgi vaqtda 22 foizga teng.
Izoh (0)