Saudiya Arabistoni sharqidagi Al Ahsa provinsiyasida noma’lum shaxslarning tinch aholi vakillariga qarata o‘t ochishi natijasida besh kishi halok bo‘ldi va to‘qqiz kishi jarohat oldi, deb xabar bermoda “RIA Novosti”.
Reuters agentligining mahalliy OAV vakillariga tayanib bergan xabariga ko‘ra, binodan bir guruh odamlar chiqqan paytda niqob bilan yuzlarini yashirgan uch kishi ularga qarata avtomat va to‘pponchalardan o‘t ochgan.
Mahalliy telekanallar qurbonlarning jasadlari tasvirlangan videolavhani namoyish etgan. Lekin ushbu videoyozuvning haqiqiyligi aniqlashtirilmagan. Hozirda ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)