Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi rahbari Tomas Bax 2022-yilda Qatarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan futbol bo‘yicha jahon chempionati qishki Olimpiada bilan bir paytga to‘g‘ri kelmasligiga aminligini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Avvalroq FIFA Bosh kotibi Jerom Valke Jahon chempionati − 2022’ni o‘tkazish vaqti variantlari sifatida faqat yanvar-fevral va noyabr-dekabr davrlari qolganini ma’lum qilgan edi.
“Men bu haqida eshitmadim. Biroq aminmanki, Jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilish vaqtlari bir-biri bilan kesishmaydi”, − dedi Bax.
2022-yilgi qishki olimpiya o‘yinlari Xitoyning Pekin yoki Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida bo‘lib o‘tadi. Olimpiada-2022 poytaxtining nomi 2015-yil iyul oyida ma’lum bo‘ladi.
Izoh (0)