Butun dunyo bo‘ylab ommalashib ulgurgan “quruq favvoralar”ning O‘zbekistondagi ilk namunasi Buxoro shahrida qurildi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.
Shahar markazidagi kichik amfiteatrning 4 gektardan kattaroq o‘rnida yangi bog‘ qurilgan bo‘lib, undan turli attraksionlar, shiyponchalar, yozgi qahvaxonalar, bitta o‘ynovchi va ikkita quruq favvora joy olgan. 5−6-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Abu Ali Ibn Sino ilmiy-ma’naviy merosiga bag‘ishlangan konferensiyadan oldin ochilishi rejalashtirilgan majmua loyihasining taxminiy qiymati 3 milliard so‘mga tengligi aytilgan.
Quruq favvoralarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda oddiy favvoralardagi suv to‘planadigan joy bo‘lmaydi, chunki u odatda yo‘lak ostida joylashadi. Suv yo‘lak qoplamasi bilan bir xil balandlikdagi panjaralar orqali otilib turadi va go‘yoki yo‘ldan otilib chiqayotgandek taassurot uyg‘otadi.
Izoh (0)