AQShning Texas shtatida 16 yoshli o‘smir unga pivo olib berishdan bosh tortgan erkakni avtomobilda bosib ketdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, o‘smir do‘konga kirib ketayotgan 58 yoshli kishining yoniga avtomobilda yaqinlashib kelib, undan pivo olib berishni so‘ragan.
Erkak o‘smirga rad javobini berganidan so‘ng, 16 yoshli yigit erkakning mini-marketdan chiqishini kutib turgan va u chiqishi bilanoq avtomobilda uni bosib ketgan.
Xabar berishlaricha, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha sud tomonidan o‘smirga nisbatan qotillik jinoyati sodir etganlikda ayblov e’lon qilingan.
Izoh (0)