Sirdaryodagi arxeologiya havaskorlari to‘garagi Eski Xovos qadimiy shahri qazilmalaridan 3000 dan ortiq topilmalarni topishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.
Arxeologiya havaskorlari to‘garagi joriy yilda Sirdaryo viloyat o‘lkashunoslik muzeyi va Guliston davlat universiteti mutaxassislari tashabbusi bilan tuzilgan. Ishga professional yondashuv maqsadida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Arxeologiya instituti bilan 2020-yilgacha shartnoma tuzilgan.
Eski Xovos yodgorligidan topilgan ashyolar orasida II-III asrlarga tegishli zardushtiylik dini ma’budasi Anaxitaning haykalchasi, XII asrga oid chiroq dastagidagi xumo qushi tasviri kabi noyob topilmalar ham mavjud.
Izoh (0)