KXDR ballistik raketalar uchirishga qodir bo‘lgan suvosti kemasini suvga tushirdi. Bu haqda Janubiy Koreya diplomatik va harbiy doiralaridagi manbalariga tayanib, “Renxap” xabar berdi.
Yangi kemaning uzunligi 67 metr, suvga botish darajasi 6,6 metr, suv sig‘imi esa 3 ming tonnani tashkil qiladi.
Manbalarning aniqlik kiritishicha, ushbu suvosti kemasi Sobiq ittifoqning 90-yillarda import qilingan “Golf” sinfidagi dizel-elektrik suvosti kemasining modifikatsiyasidir.
Izoh (0)