Zarafshon daryosi yaqinidan g‘isht pishirishga mo‘ljallangan bir nechta qadimiy xumdon topildi, deb xabar bermoqda “Xalq so‘zi” gazetasi.
“Ilgari XI asrga oid shunday qurilmalardan biri Samarqandning Afrosiyob hududida aniqlangan edi, — dedi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti tadqiqotchisi Komil Rahimov. — Olib borilgan arxeologik qazishmalar jarayonida ma’lum bo‘lishicha, Cho‘ponota tepaligidan topilgan mazkur xumdonlar ikki qavatli bo‘lib, o‘t yoqish va g‘ishtni pishirish qismidan iborat. Uning umumiy balandligi qariyb to‘rt metrni tashkil etadi”.
Dastlabki taxminlarga qaraganda, bu xumdonlarda nafaqat to‘rt burchak ko‘rinishidagi, balki qoplamalar uchun olti va sakkizburchakli g‘ishtlar ham tayyorlangan.
Izoh (0)