Toshkent shahrida ikki hafta davom etgan FIDE Gran-prisi 2-noyabr kuni o‘z yakuniga yetdi. So‘nggi 11-turda o‘zbekistonlik grossmeyster Rustam Qosimjonov qora donalarda Sergey Karyakin bilan hisob-kitob qildi va mag‘lubiyatga uchradi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Shu tariqa, Qosimjonov Toshkent Gran-prisini g‘alaba qozona olmay yakunladi. U yakunda 3,5 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egalladi. Bir oy avval Boku Gran-prisida Rustam Qosimjonov nisbatan ijobiy natija qayd etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi 11-turda rossiyalik Dmitriy Andreykin gollandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynadi va 11 imkoniyatdan yetti ochko to‘plab, Toshkent Gran-prisi g‘olibiga aylandi.
Izoh (0)