“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi kengashi joriy yilning to‘qqiz oyida kompaniyaning ishlab chiqarish va moliya sohalarida olib borgan faoliyatini ko‘rib chiqdi. Bu haqda milliy aviakompaniyaning axborot xizmati xabar bermoqda.
Ko‘rilayotgan davrda kompaniya avialaynerlarida o‘tgan yilgiga nisbatan 843 taga kam reys, jami 17 705 ta parvoz amalga oshirildi.
Avvalroq xabar berilganidek, 2014-yilning dastlabki to‘qqiz oyida milliy aviakompaniya xizmatlaridan 1 million 976 ming yo‘lovchi foydalangan.
Mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha esa joriy yilda 2013-yilgi yanvar — sentabr oylariga nisbatan 5,7 foiz kam yo‘lovchi — 422,3 ming kishi parvoz qilgan.
MDH davlatlariga uchgan yo‘lovchilar soni esa 940 ming (o‘tgan yilgidan 4,9 foiz kam) kishini tashkil etdi. Bunday pasayishga Ukrainaning Kiyev va Simferopol shaharlari aeroportlarining yopilishi hamda O‘zbekistondan Yekaterinburg, Krasnoyarsk, Mineralniye Vodi, Samara, Kaliningrad, Tyumen va Krasnodar shaharlariga reyslar soni kamaygani sabab bo‘ldi.
Izoh (0)