Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘zbekistonlik va xorijlik estrada yulduzlarining konsertlari o‘tkazila boshlaydi, deya xabar bermoqda Podrobno.uz Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sayfulla Ahmedovga tayanib.
Uning aytishicha, buning uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, unga muvofiq stadionda nafaqat futbol o‘yinlari, balki konsertlar, festivallar va sportning boshqa turlari bo‘yicha chempionatlar ham o‘tkaziladi.
Hokim o‘rinbosari keyingi yilda “Bunyodkor”da to‘rtta yirik tadbir tashkil qilinishini aytdi, biroq ularning qanday tadbir bo‘lishiga aniqlik kiritmadi.
Izoh (0)