FIFA JCh-2018 logotipi taqdimot marosimida namoyish etilgan videorolikda Qrimni Rossiyaning bir qismi deb ko‘rsatilgani uchun kechirim so‘radi. Bu haqda Bloomberg’ga asoslanib Stadion.uz xabar bermoqda.
“Afsuski, Rossiya xaritasi rossiyaliklar tomonidan taqdim etilgan edi, bu e’tiborimizdan chetda qolibdi”, - dedi FIFA vakillari.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning noroziligidan so‘ng FIFA ushbu videorolikni YouTube dan olib tashladi.
Izoh (0)