Chilonzor tumani hokimligi rasmiylari Toshkent metropoliteni bekatlaridan biriga “Olmazor” nomini berish shoshilinch qaror bo‘lganini ta’kidlashdi. Bu haqda Podrobno.uz’ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
“Masalan, ‘Sobir Rahimov’ metro bekati nomini ‘Olmazor’ deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror biroz shoshilinch bo‘lgandi, ehtimol bu bekat ham O‘zbekistonning biror taniqli arbobi sharafiga qayta nomlanishi mumkin», – deb yozadi Podrobno.uz.
Internet-nashr xabarida bekat nomi nima uchun shoshilinch o‘zgartirilgani, umuman, uni o‘zgartirishga qanday zarurat bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.
Qayd etish joiz, Toshkent shahridagi Sobir Rahimov tumani va shu nomdagi metro bekati nomi deyarli bir vaqtda “Olmazor”ga o‘zgargan, o‘shanda tuman nomi mahalliy aholining taklifi asosida o‘zgartirilgani ta’kidlangandi.
E’tiborli tomoni, “Olmazor” tumani Toshkent shahrining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lsa, “Olmazor” metro bekati shaharning janubi-g‘arbiy qismidagi Chilonzor tumanida joylashgan.
Izoh (0)