KXDR Janubiy Koreyaning oliy darajadagi muzokaralarni joriy haftada o‘tkazish borasidagi taklifini qat’iy rad etdi. Bu haqdaYonhap axborot agentligiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Avvalroq, KXDR va Janubiy Koreya rahbariyatlari oliy darajadagi muzokaralarni qayta boshlashga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.
Tomonlar Janubiy Koreyaga uch nafar yuqori martabali shimoliy koreyalik amaldorning tashrifi vaqtida ushbu kelishuvga erishishgani aytilgan edi – amaldorlarning ikki nafari KXDR yetakchisi Kim Chen Inning yaqin yordamchilari bo‘lgan.
Izoh (0)