FIFA dekabr oyida Marokashda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini qoldirmoqchi emas. Tashkilot mutasaddilari Afrikadagi Ebola kasalligi musobaqaga xavf solmasligiga ishonmoqda, deb xabar berdi Uff.uz.
FIFA bunga sabab sifatida Marokashda biror marta ham kasallik qayd etilmaganini ko‘rsatgan. Biroz vaqt muqaddam Afrikada yuzaga kelgan xavfli holat tufayli musobaqa boshqa davlatga ko‘chirilishi yoki butkul bekor qilinishi aytilgan edi.
Izoh (0)