Janubiy Koreyaning “Sevol” paromi halokati bo‘yicha ko‘rilayotgan ishda ayblovchi tomon kema kapitanini o‘lim jazosiga mahkum qilishni so‘radi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Shuningdek, cho‘kib ketgan kema ekipajining yana uch nafar a’zosiga umrbod qamoq jazosi berilishi so‘ralgan bo‘lsa, 11 nafar ekipaj a’zosiga 15 yildan 30 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi talab qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 16-aprel kuni bortida ekipaj a’zolari va 476 yo‘lovchi bo‘lgan “Sevol” paromi Koreya yarimorolining janubi-g‘arbida cho‘kib ketgan edi. Natijada 304 kishi halok bo‘lgan, bortdagi bir necha kishi bedarak yo‘qolgan, deb e’lon qilingan. Yo‘lovchilarni cho‘kayotgan kemadan evakuatsiya qilish o‘rniga ularga kayutalarda qolishni buyurgan 69 yoshli kapitan Li Chun Sok va uning jamoasiga fojeadan bir oy o‘tib qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.
Izoh (0)