Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arb davlatlari tomonidan Moskvaga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalar ularga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga sabab bo‘layotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
“Sanksiyalar – bir tomonlama, qoidalarga zid choralar bo‘lib, ularni kiritayotgan davlatlarga zarar yetkazish bilan birga, ularga, birinchi navbatda o‘zini jahon iqtisodiyoti yetakchisi va globallashuvning asosiy targ‘ibotchisi deb hisoblaydigan AQShga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga ham sabab bo‘lmoqda”, − dedi Lavrov.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb davlatlari tomonidan qo‘yilayotgan sanksiyalarning ta’siri borligini qisman tan olgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)