2014-yilgi paxta topshirish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini Andijon viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Xorazm, Buxoro viloyatlari mehnatkashlari birinchilardan bo‘lib ado etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligida e’lon qilingan Respublika Prezidentining paxtakor va mehnatkashlarga Davlat paxta rejasi bajarilgani bilan yo‘llagan tabrigida qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, Amudaryo, Ellikqal’a, Oltinko‘l, Paxtaobod, Baliqchi, Peshku, Olot, Muborak, Yakkabog‘, Qiziltepa, Navbahor, Namangan, Narpay, Qumqo‘rg‘on, Beshariq, Quva, Gurlan, Xonqa, Xiva tumanlari dehqon va fermerlari belgilangan rejani qisqa fursatda — 20—25 kunda bajargan.
Buxoro tumanidagi “Islom Narziobod”, Jondor tumanidagi “Jonibek Farhod”, Arnasoy tumanidagi “Sangzor”, Do‘stlik tumanidagi “Eshniyoz bobo”, Mirishkor tumanidagi “Kamalak”, Shahrisabz tumanidagi “Umida ona o‘g‘li”, Navbahor tumanidagi “Arslon bobo”, Karmana tumanidagi “Avez bobo”, Paxtachi tumanidagi “Mirzayev Shuhrat”, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Munchoqtepa istiqboli”, Bekobod tumanidagi “Komiljon”, Hazorasp tumanidagi “G‘ofur Ruhiya”, Xonqa tumanidagi “Madir Xonqa” singari fermer xo‘jaliklari hosildorlikni gektaridan 45—52 sentnerga yetkazib, yuksak natijalarga erishdi.
Izoh (0)