Jizzaxda besh oyoqli qo‘zichoq tug‘ildi, deb xabar berdi Jizzax axborot portali. Qo‘zichoqning tumshug‘i quyonnikiga o‘xshashi, peshonasida juni yo‘qligi va ikki jinsli ekanligi aytilgan.

Foto: jz.uz

Foto: jz.uz

Avvalroq, Xitoyda olti oyoqli buzoqcha tug‘ilgani, Hindiston qishloqlaridan birida esa uch ko‘zli buzoq dunyoga kelgani xabar berilgan edi.