21-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan joriy yilning to‘qqiz oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama qilishga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisida O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish masalalari respublika hukumatining doimiy diqqat-e’tiborida ta’kidlab o‘tildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Xususan, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida onalik va bolalikni muhofaza qilishni ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirlarni moliyalashtirishga barcha manbalar hisobidan 4,2 trillion so‘m va 200 million dollar yo‘naltirildi.
Joriy yilning 1-sentabridan boshlab byudjet sohasi xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorlari 1,12 baravar oshirildi.
Shuningdek, majlisda uy-joy qurishning yangi qishloq massivlarida namunaviy loyihalar bo‘yicha 10 830 ta yakka tartibdagi uy foydalanishga topshirilgani qayd etildi.
Izoh (0)