O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2014-yil 23—24-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi O‘zbekiston – Turkmaniston muloqoti doirasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalarni, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega dolzarb muammolarni muhokama etish rejalashtirilgan.
Tashrif yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti va turli sohalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid qator hujjatlar imzolanadi.
Izoh (0)