“G‘azab” (Fury) filmining Vashingtondagi premyerasida aktyor Bred Pitt jurnalistlarga farzandlarining rafiqasi bilan to‘yiga qanday munosabatda bo‘lganini aytib berdi, deb yozadi Segodnya.ua.
Olti nafar farzandlari ota-onalarining o‘z munosabatlarini qonuniylashtirganiga qanday qaragani haqidagi savolga javob berar ekan, “Bu ularga ma’qul keldi. Ular bundan xursand”, — dedi aktyor.
Eslatib o‘tamiz, Anjelina Joli va Bred Pitt 23-avgust kuni turmush qurdi. Tantanada kinoyulduzlarning farzandlari ham ishtirok etdi. Joli mehrob yoniga o‘z o‘g‘illari Meddoks va Paks hamrohligida borgan, Zaxara va Vivyen gul yaproqlarini sochgan, Shaylo va Noks esa uzuklarni keltirgan.
To‘y Fransiyadagi Chateau Miraval qo‘rg‘onida 20 nafar eng yaqin qarindoshlar va do‘stlar davrasida bo‘lib o‘tgan.
“G‘azab” filmi Ikkinchi jahon urushi haqida hikoya qiladi. Unda bir guruh amerikalik askarlar mardonavor harbiy operatsiya uyushtiradi.
Izoh (0)