“Barselona” hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi soliq bilan bog‘liq mojarolarga o‘g‘lining aloqasi yo‘qligini aytib o‘tdi, deb xabar beradi Uff.uz.
“Men bu masalada juda tartibli bo‘lishga harakat qilaman. Har doim aytganman: Lionelning bunga hech qanday aloqasi yo‘q. Shu sababli bu masalani ko‘tarish kerak emas. Mening huquqshunoslarim bu borada shug‘ullanmoqda. Lionel esa aralashgani yo‘q”, — dedi Xorxe.
Eslatib o‘tamiz, soliqni yashirish borasida o‘tkazilgan sud ishlariga Lionel Messi chaqirilgan edi. Messi va uning otasi 4,1 million yevro (5,5 million dollar) miqdoridagi soliqni to‘lamaganlikda ayblangan edi.
Izoh (0)