AQSh mudofaa departamenti vakili NATOning Rossiyaga qarshi qaratilgan emas, balki mudofaa ittifoqi ekanligini ta’kidlab, dunyodagi notinch vaziyat tufayli qo‘shinlarini kengaytirayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Kontr-admiral Jon Kirbi Pentagon rahbari Chak Xeygelning AQSh armiyasi Rossiyaga qarshi kurashga tayyor turishi lozimligi haqidagi gaplari bo‘yicha departamentning pozitsiyasini aynan shu tarzda ifodalab bergan.
Avvalroq, AQSh mudofaa kotibi Chak Xeygel harbiylarga murojaat qilib, ularni NATO ostonalarida turgan zamonaviy va jangga shay armiyaga ega Rossiya bilan to‘qnashuvga tayyor turishga chaqirgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)