AQSh prezidenti Barak Obama Ebola bezgagi bilan kasallanganlarga xizmat ko‘rsatgan hamshiralarni quchoqlagani va o‘pganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda The Washington Post.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zini mutlaqo xavfdan holi sezgan, chunki o‘rtacha amerikalikka bu virus yuqishi xavfi mavjud emasligini biladi. Shuningdek, u G‘arbiy Afrikada ushbu virusning tarqalishi butun dunyo uchun tahdid ekanligi va unga qarshi faqat bir-birini xabardor qilibgina kurashish mumkinligini ta’kidlagan.
Ebola bezgagi dastlab 2014-yil fevral oyida Gvineyada qayd etilgan bo‘lib, keyin Syerra-Leone, Liberiya, Nigeriya, Kongo Demokratik Respublikasi va Senegal hududlariga tarqalgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shu paytgacha Ebola oqibatida jami 4477 kishi halok bo‘lganini qayd etgan.
Izoh (0)