Ebola bezgagi bilan kasallangan hamshira Ember Joy Vinson Dallasdan Klivlendga oddiy reys orqali uchgani tufayli Twitter ijtimoiy tarmog‘ida unga nisbatan tahdidlar paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Hamshirani jazolashga chaqiriqlar va tahdidlar AQSh Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi direktori Tomas Friden u tijorat parvozlaridan foydalanmasligi kerak bo‘lganini aytganidan keyin boshlangan. Twitter foydalanuvchilaridan biri hamshiraning mamlakat ustidagi parvozidan norozi bo‘lib, “uni ushbu ahmoqona ishi uchun o‘sha zahotiyoq o‘ldirish kerak”ligini aytgan.
Ember Joy Vinson AQSh hududida Ebola bezgagidan halok bo‘lgan birinchi inson − liberiyalik Tomas Erik Dunkanning muolajalari vaqtida virus bilan zararlangan. Hamshira Klivlenddan Dallasga oddiy reys bilan uchib kelganidan ikki kun o‘tib unga ham shunday tashxis qo‘yilgan.
Izoh (0)