Ukraina hukumatida Moskva tomonidan sanksiyalar kiritilgan taqdirda Rossiya Federatsiyasidan qilinadigan importga nisbatan cheklovlar bo‘yicha takliflar tayyorlab qo‘yilgan, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Ukraina agrar konfederatsiyasi tomonidan tashkil qilingan davra suhbatida iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Valeriy Pyatnitskiyning ma’lum qilishicha, Rossiya Ukrainaga 3,5 milliard dollarlik tovar aylanmasiga sanksiyalar kiritishi mumkinligini hisoblab, Kiyev 2,5 milliard dollarlik javob sanksiyalarini tayyorlab qo‘ygan.
Pyatnitskiyning aytishicha, Rossiya kiritishi mumkin bo‘lgan sanksiyalardan eng ko‘p zarar Ukrainaning agrar sektoriga yetishi kutilmoqda. Kiyev javob choralarining tayyorlab qo‘yilishi Rossiya tomonidan sanksiyalar kiritilishining oldini olishga umid bildirmoqda.
Izoh (0)