Tailand poytaxti Bangkok shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollaridan iborat turnir start oldi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
O‘tgan hafta aynan Bangkokdagi musobaqaning finaliga qadar yetib kelgan o‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova mazkur musobaqada ham ishtirok etmoqda.
Juftliklar musobaqasida ukrainalik Oleksandra Korashvili bilan tandem hosil qilgan Sabina ilk davrada Xitoy Taypeyi tennischisi Xsuan Li hamda yaponiyalik Yuiki Tanaka hamkorligini 1:6, 6:1, tay-brekda 10:4 hisobi bilan mag‘lub etdi.
Izoh (0)