Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva Yevropa ittifoqi bilan erkin savdo hududi masalasini muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
“Yevropaliklar Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarnito‘g‘rilash uchun boshqa muqobil yo‘qligi borasida bahslashmaydi, deb o‘ylayman. Moskva Yevroittifoq bilan erkin savdo hududini tuzishni muhokama qilishga tayyor”, − dedi Lavrov.
Shuningdek, vazir Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga qo‘shilishni istamagan kompaniyalar uchun javob choralarida yengilliklar berilmasligini aytib o‘tdi. Bunday taklif bilan Daniya kompaniyasi vakillari chiqqan edi. Yevropaning ba’zi kompaniyalari esa Moskvaga ular Yevropa ittifoqi tomonidan qo‘yilgan sanksiyalarni bajarishdan bosh tortsa, o‘zlariga nisbatan javob choralarini qo‘llamaslikni so‘rab oshkora murojaat qilgan.
Izoh (0)