Kataloniya hukumati joriy yilning noyabr oyiga rejalashtirilgan viloyat mustaqilligi to‘g‘risidagi referendumni o‘tkazishdan voz kechdi. Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda.
Kataloniya rahbari Artur Mas vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qarorning tafsilotlari bugun, 14-oktabr kuni o‘tkaziladigan matbuot anjumanida e’lon qilinadi. Avvalroq, Ispaniya hukumati 9-noyabrga belgilangan referendum o‘tkazilgan taqdirda uni konstitutsiyaga zid deb hisoblashini ma’lum qilgan, biroq Kataloniya hukumati baribir referendumni tahkillashtirmoqchi edi.
7,5 millionlik katalonlar orasida mustaqillik g‘oyasi Ispaniyada avj olgan iqtisodiy inqiroz sababli ommalashib ketgan. 19-sentabr kuni Kataloniya parlamenti Artur Masga referendum o‘tkazish vakolatini bergan edi. Biroq Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi bunday referendum o‘tkazishni mamlakat qonunlariga xilof deb topgan.
Izoh (0)