Liberiyada Ebola bezgagi bilan kasallangan Birlashgan Millatlar Tashkiloti missiyasi vakili Germaniyada vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligi xabar bermoqda.
Ushbu xodim 9-oktabr kuni Liberiyadan Leypsig shahridagi shifoxonaga olib kelingan. U yerda bemor karantinga kiritilgan va ahvoli og‘ir sifatida baholangan edi.
Avvalroq Germaniya shifoxonalari Ebola virusi bilan kasallangan ikki shifokorni ham qabul qilgani haqida xabar berilgan edi. Ulardan birinchisi vafot etgan, ikkinchisining ahvoli hozircha noma’lum bo‘lib turibdi.
Izoh (0)