Toshkent shahrining Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi oltmish yoshli Q. Yo‘lchi muqaddam sudlangan bo‘lsa-da, bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olmadi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
U g‘araz niyatini amalga oshirish maqsadida Bektemir tumanidagi vodiyga qatnaydigan mashinalar to‘xtash joyiga kelib, yo‘lovchi sifatida andijonlik Sh. Hamidning “Neksiya” avtomashinasiga o‘tiradi. Yo‘l oldidan u hamrohlarini siylash niyatida ularga zaharlangan, ruhan karaxt qiluvchi modda qo‘shilgan shokoladlarni beradi. Biroz o‘tib, haydovchi va yo‘lovchilar uxlab qoladi. Q.Yo‘lchi bundan foydalanib, ularning qimmatbaho buyumlari, uyali telefonlari, kiyim-kechak va pullarini olib, juftakni rostlaydi.
Lekin u uzoqqa borolmadi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)