8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasida havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lum qilishicha, 8-oktabr kuni respublikaning barcha viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Ayrim joylar, xususan, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, tog‘li hududlar hamda poytaxtda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
O‘zbekistonning shimoliy hududlari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida havo harorati kechasi -2 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Izoh (0)