AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden Garvard Universitetida qilgan chiqishida Vashington Yevopa Ittifoqini Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishga majbur qilganini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
“Haqiqatan ham Yevropa Ittifoqi sanksiya kiritishni istamagan edi. Biroq AQSh bu masalada yetakchi rolini o‘ziga oldi. Prezident buning uchun qattiq harakat qildi, ba’zida esa Putinning qilmishlariga yarasha to‘lashi uchun Yevropani noqulay vaziyatga qo‘yishga to‘g‘ri keldi”, − dedi Bayden.
Shuningdek, vitse-prezident Moskvaga ta’sir o‘tkazish uchun yevropaliklar gazni yuqori narxda sotib olishlariga to‘g‘ri kelishini, biroq hech kim sanksiyalarni bekor qilishni istamayotganini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)