Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich tomonidan Rossiya fuqaroligining olinishi u bo‘yicha Ukrainadagi tergovlarga to‘siq bo‘lmaydi. Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Markiyan Lubkivskiy ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
“Har qanday holatda ham bu tergovlar uchun to‘siq bo‘lmaydi”, − dedi u Kiyevda o‘tkazilgan brifingda. Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir jinoyat tergov qilinishi va aybdorlar jazolanishi lozim.
Avvalroq Ukraina Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenko mamlakat sobiq prezidenti Viktor Yanukovich, sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov va sobiq bosh prokurori Viktor Pshonka hamda ularning oila a’zolari Rossiya fuqaroligini olgani to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)