Ukraina Tashqi ishlar vazirligi axborot siyosati departamenti direktori Yevgeniy Perebiynis Kiyev Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Donbass hududiga tinchlikparvar kuchlarini kiritish to‘g‘risidagi taklifini rad etishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
“Biz Ukrainaga hech qanday tinchlikparavar kuchlarini kiritish shart emas, deb hisoblaymiz. Rossiya Federatsiyasi va terroristlar o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashish to‘g‘risidagi Minsk kelishuvlariga rioya qilishlari lozim. Rossiya Federatsiyasi o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududidan olib chiqib ketishi kerak. Ukraina hech qanday tinchlikparvar kuchlariga muhtoj emas. Xorijiy kuchlar chiqib ketsa, biz o‘z hududimizda o‘zimiz tartib o‘rnata olamiz”, − dedi Perebiynis.
Avvalroq Aleksandr Lukashenko Ukrainada tartib o‘rnatish uchun Belorussiya qo‘shinlarini tinchlikparvar kuchlar sifatida kiritishni taklif qilgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)