2-oktabr kuni Toshkentdagi Inha universitetining ochilishi va o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A. I. Ikromov, Janubiy Koreyadagi Inha universiteti prezidenti Pak Chun Be, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi X. M. Mirzohidov, Toshkentdagi Inha universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari hamda 2014—2015-o‘quv yillari uchun qabul qilingan 112 nafar talab qatnashdi.
Marosim davomida tabrik nutqini so‘zlagan A. I. Ikramov va Pak Chun Be kirish imtihonlarida yuqori ballar to‘plagan 10 nafar talabaga bepul o‘qish imkonini beradigan serifikatlarni topshirdi. So‘ngra universitetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqildi.
Izoh (0)