Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk va AQShning savdo masalalari bo‘yicha vaziri Penni Pritsker Ukraina-Amerika tadbirkorlik sammitini o‘tkazishga kelishib oldi. Bu haqda Ukraina Vazirlar mahkamasi saytida berilgan axborotga tayanib, Gazeta.ru xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Ukraina Bosh vaziri va AQShning savdo masalalari bo‘yicha vaziri ikki tomon uchun ham asosiy bo‘lgan sohalarda hamkorlik harakatlari olib borilishini kelishib olgan. Bu yerda gap energetika va qishloq xo‘jalik loyihalariga Amerika sarmoyalarini jalb etish, shuningdek, intellektual mulk himoyasi, davlat nazoratini kamaytirish va soliq islohotlari bo‘yicha masalalarning Amerika tomondan qo‘llab-quvvatlanishi borasida ketmoqda, deyiladi Ukraina Vazirlar mahkamasi saytida.
Bu masalalar esa, o‘z navbatida, Yatsenyuk va Pritsker kelishib olgan Ukraina-Amerika tadbirkorlik sammitini o‘tkazish uchun zamin yaratadi.
Izoh (0)