AQSh Federal qidiruv byurosi direktori Jeyms Komi ma’lumotlarni himoya qilishning yangi tizimi maxsus xizmatlarning telefonlarda saqlanayotgan axborotlarni o‘qish imkoniyatlarini yo‘qotishi va telefon sohibining qonunni buzish imkoniyatini oshirishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda BBC.
“Meni kompaniyalar insonlarga qonunni chetlab o‘tish imkonini beradigan mahsulotlar ishlab chiqarayotgani xavotirga solyapti. Men qonun ustuvorligiga ishonaman, lekin men bu mamlakatda hech kim qonun doirasidan chiqishi mumkin emasligiga ham aminman”, − dedi Komi.
FQBning bunday xavotirlariga Apple kompaniyasi o‘zining yangi iOS 8 operatsion tizimiga fayllarni shifrlash imkoniyatini qo‘shishga qaror qilgani sabab bo‘lgan. Shuningdek, Google ham Android’ning yangi versiyasi maxsus xizmatlar tomonidan ma’lumotlarni o‘qish imkoniyatidan ishonchli himoyalanishini e’lon qilgan.
Izoh (0)