Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Hozirgina erkin kurashning 70 kilogramm vazn toifasidagi bahslari final bellashuvida o‘zbekistonlik Bekzod Abdurahmonov mezbon kurashchi Ox Manxoni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Abdurahmonov nimchorak finalda tojikistonlik Somirsho Vohidovni, chorak finalda xitoylik Ling Xaiveini, yarim finalda esa yaponiyalik Kojima Takafumini taslim etgan edi.
Izoh (0)