Yaponiya juma kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yaponiyaning Kyodo agentligiga tayanib, “Yevropeyskaya pravda” nashri xabar bermoqda.
O‘z navbatida, Rossiya bilan hududiy masalalarni hal qilish uchun Yaponiya salbiy natijani iloji boricha kamaytirishga harakat qiladi.
Xususan, Rossiya Federatsiyasining moliya va energetika sohalari uchun cheklovlarni kuchaytirish rejalashtirilgan. Shuningdek, Yaponiya nomi “qora ro‘yxat”dan joy oladigan shaxslar va kompaniyalar miqdorini ko‘paytiradi.
Bundan tashqari, Yaponiyadagi “Yomuri” nashrining xabar berishicha, Tokio joriy yil kuziga rejalashtirilgan Vladimir Putinning tashrifini ham bekor qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya Ukraina suvereniteti daxlsizligiga xavf solayotgan rossiyaparast ayirmachilarni qo‘llayotgani uchun Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalarni 5-avgust, seshanba kuni joriy qilgan edi.
Yangi sanksiyalar ro‘yxatiga 40 nafar jismoniy shaxs va ikki kompaniya — Qrimning “Chernomorneftegaz” va “Feodosiya” kompaniyalari kiritilgan.
Izoh (0)